Lekim Hakimovich Ibragimov 1944-yil 21-dekabrda Qozog‘istonning Olmaota viloyati, Uyg‘ur tumani, Mali Dexan qishlog‘ida o‘qituvchi oilasida tug‘ilgan. U 1964—1971-yillarda Olma-Otadagi N.V.Gogol rassomlik bilim yurtida oʻqishdan sanʼat yoʻnalishidagi taʼlimni boshlagan.
1971-1977 yillarda Lekim Ibrohimov A. N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik institutining grafika fakultetida tahsil oldi. Talabalik davridayoq 1976 yildan boshlab respublika, umumittifoq va xalqaro miqyosdagi turli ko‘rgazmalarda faol ishtirok etgan.
1978 yilda Lekim Ibrohimov SSSR Rassomlar uyushmasiga a'zolikka qabul qilindi. 1996-yildan O‘zbekiston Rassomlar uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi qoshidagi Rassomlar ijodiy uyushmasi ham a’zosi.
1978 yildan 1986 yilgacha rassom doimiy ravishda Sinej Rassomlar ijodiy uyi ustaxonasida, shuningdek, Boltiqbo'yi mamlakatlaridagi san'at ustaxonalarida ishlagan. 1998 yili Parijda boʻlib oʻtgan Butunjahon rassomlar kongressida Oʻzbekiston nomidan Lekim Ibrohimov ishtirok etgan.
1999 yilda Lekim Ibrohimov O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasining haqiqiy a’zosi (akademik) etib saylandi. O‘sha yili Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti professori bo‘ldi. Lekim Ibrohimov 2001-yilda san’at sohasidagi ulkan yutuqlari inobatga olinib, “O‘zbekiston xalq artisti” unvoni bilan taqdirlangan. 2008 yilda u Rossiya Badiiy akademiyasining faxriy a'zosi bo'ldi.